19 sentabr kuni Milliy Olimpiya qömitasida Özbekiston qiliçbozlik federatsiyasining navbatdan taşqari konferensiyasi bölib ötdi. Uni Madaniyat va sport işlari vazirining birinçi örinbosari Murod Aliyev olib bordi. Konferentsiya yiğilişida Özbekiston qiliçbozlik federatsiyasi rahbarlari, murabbiylar va Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toşkent şahar federatsiyasi rahbarlari iştirok etişdi. 

Kun tartibidagi masalalar böyiça Murod Aliyev ma'lumot berdi. U öz sözida Özbekiston qiliçbozlik federatsiyasi tomonidan 2013-2016 yillar davomida Rio-2016 Olimpiya öyinlariga tayyorgarlik köriş davrida kamçiliklarga yöl qöyilgani, eng avvalo murabbiylar Kengaşi faoliyat yuritmaganligi, yoş iqtidorli sportçilarni saralaş işlariga yetarli darajada e'tibor berilmaganligi, ayniqsa federatsiya rahbariyati maqsadli vazifalar qöymaganligi sababli mana şunday qoniqarsiz natijalarga erişilganligini ta'kidlab ötdi va bu masalalar tanqidiy körib çiqildi. 

Ma'lumki, qiliçbozlik mamlakatimizda öz tarixi, öz an'analariga ega bölgan sport turlaridan hisoblanadi va sportning uşbu turida öz vaqtida hamyurtlarimiz bir qator yuqori natijalarga erişişgan. Jumladan birgina Sobir Röziyevning özi qiliçbozlik böyiça jamoaviy bahslarda ikki marta jahon çempionligiga sazovor bölgan, bir martadan kumuş va bronza medallarini qölga kiritgan. Şuningdek, 1976 va 1980-yillardagi Olimpiya öyinlarida yakkalik bahslarida 4-örinni egallagan. Jamoaviy bahslarda esa Moskva olimpiadasining kumuş medaliga ega bölgan. 

Özbekiston mustaqillikka erişgaç qisqa davr mobaynida 3 nafar özbekistonlik sportçi Olimpiya öyinlarida iştirok etişga ulgurişdi. 1996 yili Atlantada Rafkat Röziyev rapira yönalişida, 2000 yil Sidneyda Anisa Petrova va 2012 yili Londonda Ruslan Kudayev şpaga yönalişlarida Olimpiya öyinlarida vatan şarafini himoya qildi.

Ammo 2016 yilgi Olimpiya öyinlariga sportning uşbu turidan birorta ham litsenziya qölga kiritilmadi. 

Ta'kidlaş kerakki, qiliçbozlik böyiça Olimpiya öyinlari litsenziyasini qölga kiritiş yildan yilga qiyinlaşib bormoqda. Buning uçun sportçilar murakkab saralaş bosqiçlaridan ötişlariga töğri keladi va buni heç kim inkor eta olmaydi. Ammo Özbekistonda sportga, xususan bolalar sportiga körsatilayotgan yuksak e'tibor natijasida özbekistonlik sportçilar sportning köplab turlarida nafaqat litsenziyalarni qölga kiritişmoqda, balki Olimpiya öyinlari sovrindorlari safidan joy olib, vatanga medallar şodasi bilan qaytişmoqda. 

Konferentsiyada davomida Özbekiston terma jamoasi boş murabbiyi Gennadiy Pelix, rapira yönalişida terma jamoa katta murabbiyi Irina Vasileva, şpaga yönalişida terma jamoa katta murabbiyi Ruslan Kudayev, sablya yönalişida katta murabbiy Nurali Nosirov, yakkama yakka kuraş böyiça Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori Şahrullo Mahmudovlar sözga çiqib, mazkur sport turini Özbekistonda yanada ommaviylaştiriş, xalqaro maydonlarda yuksak natijalarga erişiş yölida öz fikr mulohazalari bilan örtoqlaşişdi.