Volkswagen konserni tarkibiga kiruvçi Bentley va Lamborghini avtomobilsozlik kompaniyalari Parij avtosalonida qatnaşmaydigan böldi. Motorşou 1 oktabrda oçiladi.

Ikkala kompaniyaning motorşouda iştirok etmasligi "Folksvagen"ning "dizel mojarosini" tartibga soliş böyiça xarajatlarni qoplaş uçun mablağlarni tejaş istagi bilan boğlangan.

Bentley’da öz tadbirlarini uyuştirişga e'tibor qaratilişi aytildi. Bu tadbirlarda kompaniya öz mahsulotini bevosita mijozlarga namoyiş qiladi. Lamborghini ham xaridorlar maksimal köp miqdorda böladigan körgazmalarda iştirok etmoqçi.

Avvalroq Parij avtosalonida Ford, Volvo, Aston Martin va Rolls-Royce kompaniyalari iştirok etmasligi ma'lum bölgandi. Bundan taşqari, Volkswagen köp yillardan beri birinçi marta an'anaviy "Premeralar keçasini" ötkazmaslikka qaror qildi. Bu tadbirda kompaniya barça brendlaridagi yangi mahsulotlarini OAV vakillari uçun dastlabki namoyişini ötkazadi.