2013 yilda yagona nusxada çiqarilgan noyob Lamborghini Egoista superkari rekord darajadagi 117 million dollarga sotildi. Supercarblondie xabariga köra, bu kelişuv uni dunyodagi eng qimmat avtomobilga aylantirib, avvalgi rekordçi — 70 million dollarga sotilgan Ferrari 250 GTO avtomobilini ortda qoldirdi.
Lamborghini Egoista superkari ğayrioddiy dizayni tufayli quruqlikdagi qiruvçi samolyotga öxşaydi. Haydovçi örindiğiga ötiriş uçun rulni olib turişga töğri keladi. Maşina 600 ot kuçiga ega qudratli V10 dvigateli bilan jihozlangan va Lamborghini Gallardo şassisiga örnatilgan.


Yaqin vaqtgaça Lamborghini Egoista kompaniya muzeyida saqlanardi va u yerda abadiy qolişi kutilayotgandi. Biroq, aftidan, kompaniya «juda foydali» taklifga qarşilik körsata olmadi. Insayderlarga köra, superkar noma’lum joyga olib ketilgan.
Egoista dizayni Uolter da Silva rahbarligida işlab çiqilgan bölib, u reaktiv qiruvçi samolyotning quruqlikdagi timsolini yaratişni maqsad qilgan. Xususiyatlari orasida ğayrioddiy uç bölakli old dizayn va şişa «soyabon» bilan qoplangan bir örindiqli kabina mavjud.
Harbiy samolyotlarga öxşaşlikni oşiriş uçun Egoista korpusi radarga qarşi qoplama va faol aerodinamik elementlar bilan jihozlangan. Özining ekstravagant körinişiga qaramay, superkar seriyali Gallardo şassisiga örnatilgan.












