Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan BMTni, ayniqsa, xavfsizlikni ta'minlaş böyiça qarorlarni qabul qiliş borasida isloh qiliş zarurligini aytdi. U bu haqda BMT Boş assambleyasi sessiyasida aytib ötdi.
"BMTni isloh qiliş vaqti keldi. Bu borada boş kotib Pan Gi Munning avvalroq qabul qilgan taşabbuslari juda muhimdir. Birinçi navbatda xavfsizlikni qöllab-quvvatlaş borasida qarorlarni qabul qiliş tizimini isloh qiliş zarur. BMT Xavfsizlik kengaşining beş doimiy a'zosi yakka holda bunday qarorlarni qabul qila olmaydi", deb aytdi Erdöğan.
Turkiya prezidenti şuningdek "Evfrot qalqoni" operatsiyasidan maqsad Suriya şimolida xavfsizlik hududini yaratişdan iboratligini ma'lum qildi.












