Moskvada evakuator içida ikki bola bölgan maşinani jarima maydonçasiga olib ketdi. "Administrator moskovskogo parkovoçnogo prostranstva" korxonasida TASS axborot agentligiga tuşuntirilişiça, evakuator xodimi maşina oynalari qoraytirilgan bölgani uçun uning içidagi bolalarni körmagan.

"Maşina egalari ikki bolasini oynalari qoraytirilgan maşinada ustidan qulflab, maşinani töxtaşni taqiqlovçi yöl belgisi ostida qoldirib ketgan. Bu hududni nazorat qiluvçi tegişli yöl xizmati xodimlari avtomobilni olib ketişdan avval uni közdan keçirganlar. Biroq ular maşinaning orqa örindiğida ötirgan ikki bolani qoraytirilgan oynalar tufayli körmaganlar", deb aytildi kompaniyada.

Ma'lum qilinişiça, evakuatorçi maşinani "Otradnoye" metro stansiyasidan olib yölda ketayotganda uning xodimlari maşina içida kimdir borligini anglaşgan. "Botaniçeskiy sad" metro stansiyasida evakuator politsiya tomonidan töxtatilgan. Hozir bolalarning ota-onasiga nisbatan tergov qözğatilgan, ularga "Xavfli holatda qoldirib ketiş" moddasi böyiça ayblov qöyilişi mumkin.