«Forta business education» - muvaffaqiyatga intilgan tadbirkorlar uchun chuqurlashtirilgan maxsus biznes-seminarlarni o‘zbek tilida tashkil qilish bilan shug‘ullanadigan trening markazi yuqoridagi mavzu asosida o‘tkaziladigan ikki qismdan iborat bo‘lgan biznes treningga barcha tadbirkorlarni taklif etadi.

Trening dasturi:

1-qism. Davomiyligi 90 daqiqa

Mavzu: Nima uchun men aynan Cizning mahsulotingizni sotib olishim kerak?

1.      Apple kompaniyasining muvaffaqiyat siri. Missiya.

2.      Nom qo‘yish, logotip, slogan (ibora)

3.      Noyob savdo taklifi (UTP). Pozitsiya.

4.      Dizayn, qadoq va reklama.

5.      Marketing.

Mahsulotni bozorga kirish «nuqtasi» va usullari.

«Mahsulotning iste'molchilar orasida taqsimlanish» qoidasi.

Mahsulot yashash davrining to‘rt bosqichi. (Har bir bosqichda qo‘llaniladigan strategiya va taktikalar).

6.      Mijozlar va raqobatchilar.

7.      Zamon bilan xamohanglik. (XIX, XX, XXI asrlar qiyosida) Brend asri. Trend va tendensiyalar.

8.      Vatanparvarlik. «O‘zimizniki…?!?. - Demak, o‘zimniki!!!.»

2-qism. Davomiyligi 90 daqiqa

Mavzu: Tadbirkorlarning to‘rt xil toifasi. Qaysi toifadagilargina millionlab ishlashadi?

1.      Iste'dod. (34 xil) Iste'dodni aniqlashning usullari. O‘ziga o‘zi baho berish.

2.      Qaror qabul qilish. Kengroq masshtabda fikrlash.

3.      Tadbirkor shaxsi. Zamonlar osha o‘zgarmasdan kelayotgan «oltin formula». Domino effekti.

4.      Barqarorlik. «26 mil» qoidasi.

 Reja. «10 ming soat» qoidasi.

5.      Pragmatiklik. O‘zgarishlarga ichki motivatsiya.

6.      Moslashuvchanlik. Mas'uliyat.