Jamiyat | 18:24 / 23.09.2016
10137
1 daqiqa o‘qiladi
Jirinovskiy Putinga o‘quv yili boshlanish vaqtini o‘zgartirishni taklif qildi
Rossiya LDPR partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv vaqtida o‘quv yilini 1 oktabrdan boshlash taklifini berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
«Barcha o‘quv dargohlaridagi o‘quv yili boshini 1 oktabrdan boshlashni taklif qilaman. O‘quv yilini esa 15 iyulga qadar uzaytiramiz. Ana shunda barcha o‘quv ta'tillari 15 iyuldan sentabr oxiriga qadar davom etadi. O‘quv yilini aynan sentabr boshidan boshlashni kim o‘ylab topdi? Biz axir shimol mamlakatimiz» — dedi LDPR yetakchisi parlament partiyalari yetakchilarining Putin bilan uchrashuvi vaqtida.