KXDR şarqidagi Vonsan şahri Galma aeroporti hududiga 200 mingdan ortiq odam töplandi. 24 sentabrdan boşlab bu yerda mamlakat tarixidagi ilk aviaşou bölib ötmoqda.
Vonsan aviaşousi Amerikada işlab çiqilgan Hughes 500 vertolyotining parvozi bilan boşlandi. Uşbu köpmaqsadli uçar maşinalar Koreya xalq armiyasi safida turadi. Aviaşouga asosan KXDR tomonidan xarid qilingan Rossiya samolyotlari Tu-154, Tu-134, Il-18 samolyotlari qöyilgan.
Tomoşabinlar orasida MiG-29 va Su-25 qiruvçi samolyotlari köproq qiziqiş uyğotgan. Taşkilotçilarning TASS agentligiga ma'lum qilişlariça, mamlakat yetakçisi Kim Çen In uçuvçilarga körsatgan mahoratlari uçun minnatdorçilik bildirgan.











