"Katta yigirmatalik"ning (G20) xalqaro aksilkorruptsion markazi xorijda yaşirinib yurgan korrupsiyaçilarni ortga qaytariş bilan şuğullanadi. Markaz 23 sentabrda Pekinda rasman oçildi, deb ma'lum qildi "Sinxua" axborot agentligi. 

Sentyabr boşida Xitoyning Xançjou şahrida ötgan G20 sammiti natijalariga köra, yigirmatalik yetakçilari Xitoyda xorijda yigirmatalikka a'zo davlatlarda yaşirinib yurgan korrupsiyaçilar va mablağlarni qaytariş muammosini tadqiq qiliş ilmiy markazi yaratilganini ijobiy qabul qilişgandi. Bu markaz xalqaro huquq me'yorlariga asosan harakat qiladi.

Avvalroq China Daily naşri markaz bir neça oy içida işlaşni boşlaşini ma'lum qilgandi. Markaz Pekin pedagogika universitetida joylaşgan.

Markazning oçiliş marosimida Xitoy taşqi işlar vazirligi vakillari, Xitoy kommunistik partiyasi intizomni tekşiriş  markaziy komissiyasi, ta'lim vazirligi va Pekin pedagogika universiteti xodimlari hamda yigirmatalikka a'zo davlatlarning Xitoydagi diplomatlari va xalqaro taşkilotlar vakillari iştirok etdilar.

Avvalroq markazda xitoylik va yigirmatalikning boşqa davlatlaridan korrupsiyaga qarşi masalalar bilan şuğullanuvçi önlab mutaxassislar işlaşi ma'lum qilingandi.

Markaz yigirmatalik davlatlarida korrupsiya jinoyatlarini çuqur örganiş, jumladan içki qonunçilikning boşqa davlatlar qonunçiliklari bilan qiyosiy tahlili, noqonuniy aktivlarni musodara qiliş, ekstraditsiya masalalari va yuridik yordam jarayonlarini ötkaziş bilan şuğullanişi kutilmoqda.