Ruminiyada 24 sentabrda 6,1 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda Yevropa-Örta Yer dengizi seysmologiya markazi ma'lum qildi. 

Markaz ma'lumotlariga köra, zilzila markazi mamlakat poytaxti Buxarestdan şimolga tomon 145 km uzoqlikda, öçoği 100 km çuqurlikda bölgan.

Ruminiyaning Yer fizikasi instituti ma'lumotlariga köra, zilzila markazi mamlakatning eng seysmik xavfli hududi bölgan Karpat toğlaridagi Vrança uyezdida joylaşgan bölgan. Bu yerda har yili 3-4 magnitudali önlab zilzilalar qayd etiladi. 1977 yilda bu yerda yuz bergan 7,2 magnitudali zilzila oqibatida 1,5 ming kişi halok bölgan.

Zilzila ta'siri Ukrainaning markaziy va janubiy hududlarida, jumladan Odessa va Kiyev şaharlarida ham sezilgan.

Zilzilani birinçi bölib Odessa aholisi sezgan. "Uylarda mebel va qandillar silkinib turgan", deyilmoqda Ukraina telekanallaridan biri saytida.