"Barselona" Ispaniya primerasining 6-turida Xixonning "Sporting" klubini mehmonda tor-mor etdi. Xixondagi "El-Molinon" stadionida ötgan uçraşuv 0:5 hisobi bilan yakunlandi.

"Barsa" tarkibida Neymar dubl rasmiylaştirdi, Luis Suares, Rafinya va Arda Turon bittadan gol urişdi. "Sporting" ketma-ket uçinçi mağlubiyatga uçradi.

"Barsa" 13 oçko töplab, peşqadam "Real"ga yetib oldi, biroq madridliklarda bitta öyin zaxirada bor. "Sporting" esa 7 oçko bilan 10-örinda bormoqda.

Ispaniya Primerasi. 6-tur
Sporting Xixon – Barselona – 0:5
Gollar: Suares, 29 (0:1); Rafinya, 32 (0:2); Neymar, 81 (0:3); Turan, 85 (0:4); Neymar, 88 (0:5).
Çetlatiş: Lora, 74 (Sporting)

Avvalroq ötgan "Eybar"-"Real Sosedad" 2:0 hisobi bilan yakunlandi.

Eybar – Real Sosedad – 2:0
Gollar: Ilyaramendi, 57 (1:0, avtogol); Bebe, 66 (2:0).
Çetlatiş: Elustondo, 24 (Real Sosedad).

Şuningdek, ayni vaqtda "Atletik" – "Sevilya"  uçraşuvi bölib ötmoqda. Undan söng Toşkent vaqti bilan soat 23.45da "Las-Palmas" Madridning "Real" klubini qabul qiladi.