24 sentabr kuni Şayxontohur tumanidagi “Böston” mahallasida “Biz faol hayot, faol jamiyat tarafdorimiz” şiori ostida ötkaziladigan “Yonimizdagi qahramon” loyihasi start oldi.
Tadbirda “Kamolot” YoIH Toşkent şahar kengaşi Ma'naviy ma'rifiy loyihalar bölimi yetakçi mutaxassisi Ergaşeva Muxlisa, Özbekiston XDP tuman kengaşi raisi Abdullayeva Iroda, “Kamolot” YoIH tuman kengaşi Moliya-iqtisod masalalari böyiça yetakçi mutaxassisi Ahmedov Axadullo, Şayxontohur tuman hokimiyati Nuroniy bölimi boşliği, “Böston” MFY maslahatçisi Atamatova Farida, “Böston” MFY Nuroniy bölimi boşliği Pölatov Ergaş va boşqa mas'ul şaxslar hamda mahalladan 3 nafar qahramon va 40ga yaqin yoşlar iştirok etdi. Tadbir taşkiliy masalalarini uşbu mahalla fuqarosi, Toşkent Irrigatsiya va Melioratsiya Instituti «Suv xöjaligida menejment» fakulteti 2 kurs talabasi Rahmatova Muxlisa taşkillaştirdi.


Uşbu davra suhbati xalqimiz orasidagi yuksak marralarga erişgan, ibrat böla oladigan, e'tirofga loyiq şaxslarni yoşlar bilan yaqindan taniştiriş, ularning böş vaqtini mazmunli qamrab oliş, yoşlarda ulkan maqsadlarni şakllantiriş, turli muvaffaqiyat zinapoyalarini tahlil qiliş orqali kelajakda jamiyatimizda özining mustahkam örnini egallaşga yordam beriş, yoşlarga intiliş, harakatçanlik, mas'uliyat ruhini singdiriş, optimistik kayfiyatni, vatanga sadoqat, mehnatsevarlik, öziga işonç tuyğusini uyğotiş hamda yoşlarni faol turmuş tarziga oşno etiş maqsadida taşkil etildi.

Tadbir tinglovçilari örtasida anonim sörovnoma ötkaziş bilan boşlandi, bu yoşlar keyingi tadbirda kimni qahramon sifatida körişni hohlaşini hamda ularning qiziqişlari va kamolot haqida fikrlarini bilib olişda yordam beradi. Tadbirni “Böston” MFY maslahatçisi oçib berdi. Söng qahramonlar yoşligi haqida, uçratgan qiyinçiliklari, maqsadga erişiş yölidagi harakati, hozirgi yutuqlari haqida boşlovçi bilan suhbat qurişdi. Tinglovçilar qahramonlarga savollar berib, özlarini qiziqtirgan ma'lumotlarni, şuningdek, şaxmat bilan şuğullaniş, köproq kitob öqiş, rus tilini örganişga e'tibor beriş, hamişa maqsad bilan yaşaş zarurligi kabi tavsiyalarni olişdi.

Tadbir söngida loyiha istiqbolli bölişini ta'minlaş, yoşlarning ijtimoiy faolligini oşiriş va iste'dodlarni kaşf etiş, ularni yagona maqsad yölida birlaştiriş uçun oçiladigan “bölajak qahramonlar” klubi a'zolari şakllantirildi. Yoşlardan takliflar, tadbir taassurotlari haqida intervyu olindi.













