16:17 / 25.09.2016
12615

Facebook'ning 5ta eng yirik muvaffaqiyatsizligi 

Rimdagi chiqishidan so‘ng Mark Tsukerberg auditoriya savollariga javob beraturib, shunday dedi: «Yakuniy hisobda mag‘lubiyat emas, undan qanday saboq olishingiz muhimroq bo‘ladi».

Facebook amalga oshirayotgan ishlarning barchasi aynan mana shu hikmat ortida yotadi: kompaniya ko‘plab muvaffaqiyatsiz loyihalarni yopgan, ayrimlari esa sayt yoki dastur tubida no'malumligicha qoladi. 

Facebook'ning 5ta eng ahamiyatli muvaffaqiyatsizliklarini yodga olamiz.

1. Birinchi mobil dastur

Hozir Facebook haqida o‘ylay turib, biz ehtimol kompaniyaning mobil telefonlar uchun dasturini yodga olsak kerak, biroq aslida iOS va Android uchun dasturlarni ishga tushirish oson bo‘lmagan. 

Avvaliga kompaniya mobil ilovalar urfga kiradi, deb hisoblab, ko‘p vaqtini saytning mobil versiyasini yaratishga sarfladi. Shu sababli, birinchi dastur shunchaki saytning mobil versiyasi bo‘lgan. U juda sekin bo‘lib, ko‘p hollarda noto‘g‘ri ishlab yoki umuman ishlamay qolar edi. 

Keyinroq Tsukerberg buni «kompaniyaning eng katta xatolaridan biri» deb atadi. Ilk bor Facebook iOS va Android uchun to‘laqonli dasturni 2012 yildagina ishga tushiradi va bu dasturlar birinchi urinishlarga nisbatan ancha tezroq va ishonchliroq ishlay boshladi. Shundan so‘ng kompaniya ko‘plab turli dasturlar ishlab chiqardi. 

2014 yilda Messenger paydo bo‘ldi va foydalanuvchilar o‘z telefoniga bu dasturini ko‘chirib olishi uchun bosim o‘tkaza boshlashdi.

Natijada, asosiy dastur yanada shiddat bilan ishlay boshladi va xabarlar almashinish jarayoni ham tezlashdi. Hozirda Messenger'ning har oyda 1 milliarddan ortiq foydalanuvchisi bor.

O‘tgan mavsumda kompaniya barcha reklama daromadlarining 84 foizini mobil dasturlardan oldi.

 2. Facebook Home 

Normal dasturlar bilan cho‘zilish holatlari kuzatildi, shu sabab Facebook juda oldinlab ketdi va bozorga Facebook Home'ni chiqdi. Bu Android uchun bir necha telefonlarga mos keladigan kompleks vazifali ijtimoiy tarmoq edi. Xususan, bloklash ekranida yangiliklar tasmasi ko‘rsatildi, Facebook Messenger esa sms bilan mujassamlashdi. 

Home HTC First qurilmasida chiqdi — smartfon mazkur loyiha ositida maxsus ishlab chiqarildi. Bir oydan so‘ng model 99 dollardan 0,99 dollargacha baholandi, biroq reklamaga qaramay, qurilma mashhurlikka erishmadi. Ma'lum bo‘lishicha, insonlar o‘zining ko‘p vaqtini Facebook dasturlarida o‘tkazsa ham o‘z telefonining barcha qismi ijtimoiy tarmoqga aylanishini istamadi. Bu loyiha Facebook bilan yuz bergan eng shov-shuvli omadsizlikka aylandi, biroq undan ayrim foydalar olib qolindi. O‘sha vaqt ishlab chiqarish bo‘yicha prezident o‘rinbosari bo‘lgan Kori Ondreykaning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya dasturchilari Android tizimidagi qurilmalar bilan ishlashni o‘rganishdi.

3. Poke

Snapchat keskin ko‘tarilishi natijasida 2012 yil so‘ngida Facebook Poke dasturini ishga tushirdi. Unda yosh tarmoqning asosiy funksiyasi — suratlar yo‘qolishi ochiqchasiga ko‘chirib olingan edi. 

Tsukerbergning aytishicha, dastur bir necha muhandislar tomonidan 12 soatli xakaton vaqti — ya'ni ma'lum g‘oyalarni tezda amalga oshirish uchun dasturchilar marafonida yaratilgan. Kompaniya dasturni ishga tushirishi bilan «omadi chopmadi». 

Tsukerberg keyinchalik «bu Facebook mahsuloti emas, qandaydir hazil» bo‘lganini qayd etdi. Qizig‘i, bu hodisa Snapchat'ni 3 mlrd dollarga sotib olish uchun bo‘lgan omadsiz urinishdan so‘ng sodir bo‘ladi. Shuningdek, Poke — tarmoqning eng omadsiz dasturidir. 
 
4. Creative Labs Moments

Mazkur laboratoriya 2013 so‘ngida ishga tushdi va dasturchilar hamda dizaynerlarni mobil dasturlar yaratishga chaqirdi. Bu yerda o‘qish uchun Paper nomi ostidagi uncha mashhur bo‘lmagan dastur yaratildi va aynan shu yerda Slingshot nomi ostida Snapchat nusxasini yaratish ishlari ko‘rib chiqildi. Ular orasidagi eng omadli dastur fotosuratlarda do‘stlaringiz yuzini aniqlab, ularga rasmlarni jo‘natuvchi Moments bo‘ldi. Biroq Creative Labs ko‘plab dasturlari insonlarga keraksizligicha qoldi. Biroq shunday natija kutilgan edi, ularga juda kam resurslar sarflandi.

Moments va Paper — ikki eng murakkab dastur — boshqa maqsadlar uchun ishlab chiqarilgan sun'iy intellekt doirasidagi yechimlarga asoslangan. Josh Konstin (TechCrunch) bu yerda tavakkalchilik kam, biroq, g‘alaba imkoniyati ham katta ekanligini qayd etgan edi.

Muhimi, Facebook, Instagram va Messenger dasturlarida amalga oshmagan ishlardan foydalanish imkoni berildi. Creative Labs o‘tgan yilning oxirida yopildi, biroq Facebook yana alohida dasturlarni ishlab chiqarishni maqsad qilgan.

5. Facebook Deals va Facebook Offers 

Bu ikki dastur o‘xshash edi: ular kompaniyalar uchun Groupon modeli bo‘yicha mijozlarga chegirma taqdim etishga yordam berishdi. Ular orasidagi farq shunda ediki, Deals chegirmalari sotuvchining ro‘yxatidan o‘tganlargagina taqdim etildi, Offers ishi esa «To‘langan mablag‘ tarixi» xizmati doirasida istalgan auditoriya uchun aksiyani targ‘ib qilish edi. Biroq bu dasturlar yaxshi samara bermadi va yopildi. Biroq biznes va iste'molchilar o‘rtasidagi aloqachi sifatida katta tajriba to‘plashga yordam berdi.

Hozirda Facebook Messenger va WhatsApp'da pul yig‘ishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda — bu dasturlarning har birida milliardlab foydalanuvchilar mavjud. Albatta, Deals va Offers'dan olingan tajribalar belgilangan bitimlarni olg‘a surishda asqatadi.

Mavzuga oid
Top