Xitoy 25 sentabrda dunyodagi eng yirik FAST radioteleskopini işga tuşirişni rejalaştirgan. Bu haqida South China Morning Post gazetasida xabar berildi.
Maydoni 30 futbol maydoni hududiga teng teleskop qurilişi 2011 yilning martida yölga qöyilgan. Teleskop Xitoyning janubi-ğarbidagi Guyçjou provinsiyasi toğlarida joylaşgan. Teleskop diametri 500 metrni taşkil qiladi. Tuzilma perimetri 1,6 kilometrga teng. Loyihaga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 1,2 milliard yuan(taxminan 180 million dollar)ga baholanmoqda. U hozirda eng yirik hisoblangan 300 metrli diametrga ega Puerto-Rikodagi teleskopni ortda qoldiradi.
Ötgan yakşanba teleskop uçun 30 tonnali yoritgiçning örnatiliş işlari yakunlandi. U teleskop yuzasidan 130 metr balandlikda joylaşgan. Yoritgiç radiotölqinlarni töplaş uçun qöllaniladi, şuningdek signalni kuçaytiradi.
Bundan avval Xitoy markaziy televideniyesi FAST teleskopining dunyodagi eng tez kompyuterlaridan biri Sky Eye 1'ga ulanişini xabar qilgandi. Uning maqsadi - boşqa sayyoralarda hayotning bor yöqligini astronomik hisob-kitob qiliş va mavhum materiyani örganiş. Yangi teleskop Xitoyning oçiq koinotdagi tadqiqotlar borasidagi imkoniyatlarini oşirişga yordam berişi kutilmoqda.











