Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Qöstanaydagi "Bayan Sulu" qandolatçilik fabrikasiga taşrif buyurganda fotosuratçi qizga şokolad sovğa qildi. "Bu xursandçilik gormonlari", deb aytdi Nazarboyev bunday sovğani kutmagan qizga. 

Nursulton Nazarboyev fabrika işçilari bilan suhbatlaşdi, fabrikaning biskvit işlab çiqaruvçi sexi işi bilan tanişdi. 

Ayni vaqtda uşbu korxonada 1,5 ming kişi işlaydi. Korxona öz mahsulotlarini Rossiya, Özbekiston, Ozarbayjon, Qirğiziston, Germaniya, Xitoy va boşqa davlatlarga eksport qiladi.