Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi yaqin orada Belgiyaning Brussels Airlines aviakompaniyasini sotib olmoqçi. Bu haqda 24 sentabrda RTBF telekanali ma'lum qildi.  

Lufthansa rahbariyati 2016 yil 22 martidagi teraktlar tufayli töxtatib qöyilgan, bir neça yil davom etgan muzokaralarni tezlaştirişga qaror qilgan. Belgiya kompaniyasi Bryusseldagi "Zaventem" aeroportida portlaşlardan yuzaga kelgan jiddiy şikastlanişlar bilan boğliq taşkiliy masalalarga öz e'tiborini qaratiş uçun muzokaralarda tanaffus söragan. 

Lufthansa’ga 2009 yildan beri Brussels Airlines’ning 45 foizi tegişli. Germaniya aviakompaniyasi qolgan 55 foizni ham sotib olmoqçi. Tomonlar şartnomasida közda tutilgandek, bitim 2017 yil iyunigaça amalga oşişi kerak. 

Belgiya OAV ma'lumotlariga köra, Brussels Airlines nemis aviakompaniyasidan olgan va hali qaytarilmagan kreditlar hisobga olinsa, gap 2,6 mln yevrolik bitim haqida ketişi mumkin. RTBF’ning hisob-kitoblariga köra, xarid qiymati agar Brussels Airlines’ning ötgan yildagi daromadi hisobga olinsa, 140 mln yevroni taşkil qilişi mumkin.