Tez ovqatlaniş şaxobçalari tarmoği KFC’da qovurilgan kalamuş bilan boğliq içki tergov ma'lumotlari ma'lum böldi. Manbalarning aytişiça, tarmoq rahbariyati öz xodimlarining bu voqeaga aloqadorligini inkor qilişga qaror qilgan.

Voqea moskvalik Oleg Ponyatskiy bilan yuz bergan. Erkak "Prints plaza" savdo markazidagi KFC şaxobçasida tamaddi qilişga qaror qilgan hamda "tsezar" salati, sendviç, qahva va strips (tovuq göştidan tayyorlanadigan taom) buyurtma qilgan. Biroq unga tovuq örniga qovurilgan kalamuş berilgan. 

"Fotosuratlari çop etilgan joyni aniqlaşning iloji bölmadi. Agar surat sinçiklab örganilsa, kafe yopiq bölgani haqidagi xulosaga keliş mumkin", deb aytdi restoran rahbariyati. 

Tarmoq rahbariyati yuz bergan voqeani iğvo deb topgan. Ularning aytişiça, KFC’da örnatilgan qat'iy standartlar bunday noxuş voqea bölişiga imkon berişi mumkin emas.