AQŞ prezidentligi uçun respublikaçilar partiyasidan nomzod bölmiş Donald Trampga tegişli 7ta mehmonxonani birlaştirgan tarmoq ma'muriyati 50 ming dollar miqdoridagi jarima tölaşga rozilik bergan. The New York Times naşri xabar berişiça, bunga mehmonxonalar mijozlarining şaxsiy ma'lumotlari xavfsizligiga beparvolik bilan munosabatda bölingani sababligi aytilgan.
Jarima tölaşdan taşqari, mehmonxonalar rahbariyatiga xavfsizlik siyosati böyiça mavjud siyosatni özgartiriş majburiyati qöyilgan.
23 sentabr kuni Nyu-York ştati boş prokurori Erik Şnayderman matbuot anjumanida ma'lum qilgandiki, 2015 yili bank kartalari bilan firibgarlik holatlari qayd etilgan. Natijada 70 mingga yaqin nomerda bölgan mijozlarning şaxsiy ma'lumotlari va kredit kartalariga oid ma'lumotlari buzilgan.
2015 yilning oktabrida The Trump Hotel Collection kompaniyasi Nyu-York, Mayami, Çikago, Vaykiki, Las-Vegas va Torontodagi mehmonxonalarni birlaştirgan tarmoq 2014 yilning 19 mayidan 2015 yilning iyunigaça bölgan muddatda mijoz bölganlarning şaxsiy ma'lumotlari xavf ostida qolgani haqida ma'lum bölgandi.












