Xitoyda çöl örtasidan ötuvçi eng uzun yöl qurildi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar bermoqda.
Trassa şimoliy Xitoydagi Içki Mongoliya muxtor tumanining Linxe va Baygeda punktlarini özaro birlaştirib turadi. Uning uzunligi 930 km.ni taşkil etadi. Telekanalning xabar berişiça, avtomagistral çöl örtasidan ötgan yöllar içida rekord uzunlikka ega. Loyihaning umumiy qiymati 37 milliard yuanni (5,55 milliard dollar) taşkil etadi.

Içki Mongoliya hukumati saytida e'lon qilinişiça, 2015 yilning aprelida boşlangan trassaning qurilişida 30 ming işçi qatnaşgan.












