Yaponiyaning Infiniti kompaniyasi Rossiya bozoriga kirib kelganining 10 yilligini nişonladi. Kompaniya bayram tantanalari doirasida Rossiya bozoridagi özining yangi modellari: Q30, QX30, Q50 va QX60 maşinalarini taqdim etdi. Eng asosiy yangilik Q60 sport karining taqdimoti böldi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berilgan.
Tadbirga aktrisa Ingeborga Dapkunayte, aktyor Aleksey Çadov, musiqaçi va kompozitor Dmitriy Malikov, boşlovçi Avrora, teatr rejissyori Andris Liyepa, şoumen va qöşiqçi Timur Rodrigez mehmon sifatida taşrif buyurişdi.

Ma'lumot uçun, Infiniti — yapon avtomobil kompaniyasi bölib, Nissan Motor kompaniyasiga qaraşli. Kompaniya işlab çiqarayotgan modellardagi Q prefiksi sedanlarni, QX — esa krossover va yöltanlamaslarni anglatadi.

2016 yilning aprel oyida kompaniya Infiniti Engineering Academy loyihasini işga tuşirdi. Bu dastur Yevropa va Rossiyadagi texnika oliygohlarining omadli talabalari «Formula-1»da faoliyat boşlaşi yoki avtomobillar işlab çiqarilişi jarayonida iştirok etişini közda tutadi.













