Snapchat messenjeri asosçilari yaşin tezligida 10 soniyali videoroliklar olib, ularni ijtimoiy dasturning Memories bölimiga joylaştiruvçi zamonaviy gadjyetni işlab çiqişdi. Bu yangi ixtiro rangli yoki qora oynali va rangli dastali Spectacles közoynagidir.
Işlab çiqaruvçilarning aytişiça, smartfonning vertikal holatida video olayotgan mahal paydo böluvçi qora çiziqlar muammosini hal etişga muvaffaq bölişdi - olingan suratlar tasmasida "dumaloq aylana" şaklida kesilgan maxsus rasmlar böladi. Smartfonda tomoşa qiliş vaqti video har qanday yönalişda töliq ekran rejimida paydo böladi. Spectacles foydalanuvçisi video olayotganini boşqalarga kamera atrofida joylaşgan LED indikatori ma'lum qiladi.
Tasvir oliş nuqtasi optika ustida çap tomonda joylaşgan. Simsiz kamera internetga smartfon orqali Bluetooth/Wi-Fi bilan ulanadi va videoni darhol Snapchat tasmasiga joylaştiradi.
Qöllanilgan optika va örnatilgan akkumulyatorning texnik ma'lumotlari hozirça noma'lum. Işlab çiqaruvçilarning aytişiça, batareya kun böyi işlaşga yetadi. Ixtiro kuz oyida 130 dollar hisobida sotuvga çiqadi. Közoynaklar töplami foydalanuvçilarning gadjyetga bölgan talabini tahlil qiliş uçun avvaliga çeklangan miqdorda çiqariladi.












