AQŞ prezidentligi uçun Respublikaçilar partiyasi nomzodi Donald Tramp ijtimoiy sörov natijalariga tayangan holda bayonot berişiça, u demokratlar partiyasi nomzodi Hillari Klinton bilan ötkazgan birinçi telebahsda ajoyib iştirok etgan. 

«Yaxşi, a'lo çiqiş qilibman, telebahs yakunlariga oid sörovlarga köra (albatta, özim körmaydigan CNN telekanali natijasidan taşqari). Rahmat!» — deb yozgan Tramp Twitter sahifasida.

U öz sözlarining isboti sifatida qator OAV natijalarini havola qilgan. 

26 sentabr kuni AQŞda prezidentlik saylovi nomzodlari örtasida birinçi telebahslar bölib ötgani haqida avval xabar qilingan edi.