26 sentabr kuni Toşkentda Özbekiston va Turkmaniston savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik böyiça hukumatlararo komissiyasining 12-yiğilişi bölib ötdi. Muzokaralar vaqtida ikki tomon köplab turdagi mahsulotlarni eksport qiliş böyiça kelişuvga erişgan. Xususan, maşinasozlik, elektrotexnik va kimyoviy mahsulotlar, avtomobil mahsulotlari, jumladan, avtobuslar, maxsus va kommunal texnikalar, paxta teruvçi va boşqa qişloq xöjalik texnikalari, quriliş materiallari, qayta işlangan meva-sabzavot hamda boşqa köplab mahsulotlar eksporti hajmi oşirilişiga kelişib olingan.

Muzokaralarda Turkmaniston delegatsiyasiga savdo va taşqi iqtisodiy aloqalar vaziri Dovran Orazmiradov boşçilik qildi.

Yiğilişda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlar holati va istiqbollari, şartnomaviy-huquqiy bazani kengaytiriş, transport, atrof-muhitni muhofaza qiliş borasida aloqalarni rivojlantiriş hamda qator boşqa masalalar muhokama etildi. 

2015 yil yakunlariga köra, ikki davlat örtasidagi mahsulot ayirboşlaş hajmi 319,7 mln dollarni, joriy yil yanvar-avgust oylarida esa 177,1 mln dollarni taşkil etdi. Ayni paytda Özbekistonda turkman tomoni iştirokidagi yettita korxona faoliyat körsatmoqda. Ular faoliyatidagi asosiy sohalar: savdo va xizmat körsatiş, tekstil sohasi, qoplama materiallar va mebellar işlab çiqariş sanaladi.

Yiğiliş yakunlari böyiça tomonlar tegişli bayonnomani imzoladi. Erişilgan kelişuvlar Özbekiston va Turkmaniston örtasida transport, ilmiy-texnik, suv resurslaridan samarali foydalaniş va boşqa qator masalalarda hamkorlikni mustahkamlaşga imkon beradi.