WP: Birinchi saylovoldi telebahslari Tramp uchun mag‘lubiyatli bo‘ldi
AQSh prezidentligi uchun Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp mamlakat rahbarligi uchun asosiy jonli tomoshasida mag‘lub bo‘ldi, deb yozmoqda Jonatan Keypxart The Washington Post gazetasida e'lon qilingan maqolasida.
Uning fikricha, bahslar davomida Demokratlar partiyasi nomzodi Hillari Klinton deyarli tayyorlanmay kelgan raqibiga nisbatan jiddiyligini namoyon eta olgan. «Realiti-shou teleyulduzi va badavlat quruvchi» Tramp va sobiq davlat kotibi Klinton o‘rtasidagi ilk telebahslar ajoyib kayfiyatda bo‘lib o‘tgan. Tramp praymerizlar vaqtida ko‘mak bergan latifalari bilan kelib, bu safar mag‘lubiyat alamini tortdi.
Keypxartning aytishicha, Trampning chiqishi «chiqindini chim ustiga tashlash bilan barobar bo‘lgan». X haqidagi savolga Y, Z va boshqa narsalar xususida javob bergan. Xususan, Klintonning elektron yozishmalari bilan bog‘liq mojaroga oid savolga Nyu Yorkning La-Gardiya aeroportining achinarli holatini yodga olgan.
Bundan tashqari, maqola muallifini prezidentlik uchun har qanday nomzodni barbod qiluvchi soliq deklaratsiyasi bilan bog‘liq vaziyat hayron qoldirgan. Klintonning ta'kidlashicha, milliarderning soliq deklaratsiyasini faqatgina bir marta — u ham bo‘lsa, kazino uchun litsenziya olish vaqtida ko‘rish mumkin bo‘lgan edi. O‘sha hujjatga muvofiq, Tramp federal daromad solig‘ini to‘lamaydi. Bunga esa, respublikachilar nomzodi «Men shunaqa aqlliman», deya javob bergan.
Afroamerikaliklarning ovozini olish niyati jiddiyligini ta'kidlayotgan Tramp bahslarda aholining ushbu qatlamiga oid bilimi umuman yo‘qligini namoyish etdi. Xususan, uning nutqida boshqa tusdagi kishilarga oid turli xil irqiy hikoyalar o‘rin olgan edi. Bundan tashqari, u konstitutsiyaga zid bo‘lgan odamlarni ko‘chalarda to‘xtatib, tintuv o‘tkazish amaliyotini yoqlab, fikr bildirgan. Bu esa, afroamerikaliklar orasida jiddiy salbiy qarashlarni shakllantirgan.
CNN telekanali tomoshabinlari orasida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, amerikaliklarning 62 foizi telebahsda Klinton g‘alaba qozondi, degan fikrda.
Mavzuga oid
11:42 / 21.10.2024
Tramp Pensilvaniyada McDonald’s xodimi bo‘lib ishladi
23:13 / 20.08.2024
Tramp prezidentlik saylovida g‘alaba qozonsa Ilon Maskka Oq uydan lavozim taklif qiladi
21:54 / 04.08.2024
Tramp Putinni mahbuslar almashinuvi bilan tabrikladi
10:28 / 27.08.2021