AQŞning Jeep kompaniyasi yangi avlod Compass krossoverini namoyiş etdi. U savdo belgisi modellari orasida ikkita rusum – avvalgi Compass va Liberty (Patriot)ni almaştirişi kerak. Avtomobilning Şimoliy Amerika bozori uçun çiqarilgan rusumi rasman 2016 yil noyabrida Los Anjyeles avtosalonida taqdim etiladi.
Motor Authority naşrining yozişiça, Compass modelining Yevropa uçun möljallangan namunasi esa, 29 sentabr kuni Parijda taqdim etiladi. Nissan Qashqai, Kia Sportage va Mazda CX-5 uning asosiy raqobatçilari bölişi aytilayapti. Yangi avlod jipi taşqi körinişdan Grand Cherokee maşinasining kiçraytirilgan namunasini yodga soladi. Compass salonida multimedia tizimiga ega kattagina sensorli displey va yirik havo ötkazgiçlar bor.
Biroq, hozirça, Compass’ning texnik jihatlari sir tutilmoqda. Şunga qaramay, norasmiy ma'lumotlarga köra, avtomobilning motorlari qatoriga 1,4 litr, benzinli 4 silindr MultiAir Turbo kiradi. U 160 ot kuçiga ega. Bundan taşqari, 2,4 litrli, 184 ot kuçiga ega, Tigershark dvigateli ham mavjud. Şu bilan birga, model 2,0 litrlik kuçaytirilgan agregat bilan ham jihozlanişi mumkin.
Dastlab, maşina uç xil namunada: Sport, Longitude va Limited rusumida işlab çiqiladi. Keyinçalik krossoverning yana bitta Trailhawk modeli mijozlar e'tiboriga havola etiladi.














