«Yil avtomobili» Yevropa tanlovining taşkiliy qömitasi Bryussel avtosalonida hakamlar hay’ati tomonidan ovoz beriş natijalarini e’lon qildi. Unga köra, Jeep Avenger ixçam krossoveri Yevropada 2023 yil avtomobili deb tan olindi.
Hakamlar hay’atining 57 a’zosi tomonidan ovoz beriş natijalariga köra, Avenger 328 ball töpladi. Ikkinçi örinni Volkswagen ID.Buzz elektr krossoveri, uçinçi örinni Nissan Ariya egalladi. Undan keyingi örinlarda Kia Niro, Renault Austral, Peugeot 408, Subaru Solterra va Toyota bZ4X.
«Yil avtomobili» hakamlar hay’ati Yevropaning 22 davlatida faoliyat yurituvçi 57 nafar jurnalistdan iborat. Tanlov 2023 yilda 60 yoşga töladi. Stellantis konserniga tegişli Jeep brendi öz tarixida birinçi marta «Yil avtomobili» tanlovida ğoliblikni qölga kiritdi, deyiladi tanlov taşkiliy qömitasi xabarida.
Avenger - ixçam krossover (uzunligi 4 m), u 156 ot kuçiga ega elektr dvigatel bilan jihozlangan, batareyasi 400 km gaça masofani bosib ötişni ta’minlaydi. Yevropada uning qiymati 40 ming yevrodan boşlanadi.

















