Space X kompaniyasi asosçisi Ilon Mask özining kelajak raketasi loyihasini taqdim etdi. Mazkur qurilma yordamida u Mars sayyorasini egallamoqçi. Taqdimot marosimi Meksikaning Gvadalaxara şahrida bölib ötgan Xalqaro astronavtika kongressida taşkil etildi. Anjuman Space X saytida bevosita efirga uzatildi.

Uning sözlariga köra, Marsda «özini ta'minlay oladigan» şaharni barpo etiş uçun «metan-kislorod» juft moddalarini qöllaydigan raketalardan foydalanişni yölga qöyiş lozim. Bunda raketaning barça tizimlarini köp marotaba işlatiş mumkin bölişi kerak. Şu bilan birga, orbitada yoqilği quyiş jarayonini taşkil etiş talab etiladi. 

«Çipta narxi 200 ming dollar atrofida böladi», — deb aniqlik kiritgan Mask.

Transport tizimining asosiy elementlari uglerod tolasidan yasaladi. 1000ga yaqin fazo kemasining har biriga 200 kişi olinib, 40–100 yil içida Marsda töliq mustaqil sivilizatsiyani barpo etişi mumkin böladi, deya işonç bildirmoqda Mask.