08:39 / 28.09.2016
6645

Tennischi Serena Uilyams AQShdagi irqlararo munosabatlar haqida: "Men. Indamay turmayman"

Ayollar o‘rtasida sobiq birinchi raqamli tennischi Serena Uilyams feysbukdagi sahifasida AQShdagi irqlararo munosabatlar haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Men bugun 18 yoshli jiyanimdan (ortiqcha savollar bo‘lmasligi uchun aytib qo‘yaman, u qora tanli) men telefonda o‘z ishlarimni tinch hal qilish uchun meni mashinada uchrashuvga olib borib qo‘yishini iltimos qildim. Uzoqda men yo‘l chetida turgan politsiyachini ko‘rishim bilan tezda tezlikni oshirgan-oshirmaganimizni tekshirdim.
Keyin menga yigiti politsiyachi tomondan otib tashlangan mashinadagi qizning dahshatli videosi esimga tushdi. Buning barchasi miyamdan bir zumda o‘tdi. Men hattoki rulga o‘zim o‘tirmaganimdan afsuslandim. Men bunday holat jiyanim bilan yuz bersa, o‘zimni hech qachon kechira olmagan bo‘lardim. Chunki u beayb. Qolganlar ham shunday bo‘lgan.

Men biror-bir guruhning barcha vakillari yomon emas, deb mutlaq ishonaman. Biroq befarq, hadiksiragan, omi va his-tuyg‘usizlar bo‘ladi, natijada aynan ular boshqa millionlab va millionlab taqdirlarga ta'sir ko‘rsatadi. Nima uchun men bu haqda 2016 yilda o‘ylamoqdaman? Axir biz shunchalik ko‘p eshiklarni ochib va milliardlab boshqa taqdirlarga ta'sir qilib, yetarlicha aziyat chekmadikmi?  Biroq, men biz oldinga borishimiz kerakligini angladim, chunki gap biz qancha ko‘p narsaga erishganimizda emas, balki yana qancha yo‘l bosib o‘tishimizdadir.

So‘ngra men o‘ylab qoldim, bu fikrlarni ovoz chiqarib biror marta aytganmanmi? O‘zingga chetdan qiyo boqish kerak. Jiyanlarim borasida-chi? Menda o‘g‘il yoki qiz bo‘lsa-chi? Doktor Martin Lyuter King aytgandek, "Shunday vaqt keladiki, indamaslik sotqinlikka aylanadi".
 
"Men. Indamay turmayman", deb yozdi Uilyams feysbukda.

Top