Özbekiston Respublikasining 2016 yil 23 sentabrda qabul qilingan № ÖRQ-411 Qonuniga muvofiq, xorijiy sarmoyalar iştirokida taşkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlariga qöşimça imtiyozlar taqdim etildi.
Xususan, xorijiy sarmoyalar iştirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari umumiy va xöjalik sudlarida ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilişi yuzasidan berilgan murojaatlar böyiça tölovlardan ozod etilgan.
Şuningdek, nizom jamğarmasida xorijiy investitsiyalar uluşi 15 foizdan kam bölmagan aksiyadorlik jamiyatlari ma'lum muddatga daromad soliği, mol-mulk soliği, obodonlaştiriş va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantiriş soliği, yagona soliq tölovi hamda Respublika yöl jamğarmasiga majburiy tölovlardan ozod etiladi. Mazkur imtiyoz muddati hukumat tomonidan korxonaning toifasi va faoliyat turiga boğliq ravişda belgilanadi.
Bunda, xorijiy sarmoya iştirokidagi aksiyadorlik jamiyatini taşkil etişda, xorijiy sarmoya miqdori jamiyat nizom jamğarmasida kamida 15 foiz bölişi kerak, Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarorlarida belgilangan alohida holatlar bundan mustasno.












