Iste'molçi mahsulotlar xavfsizligi böyiça Davlat komissiyasi (CPSC) amerikaliklarni ba'zi Samsung kir yuviş maşinalarining "xavfsizlik muammosi" haqida ogohlantirdi. Bu haqida CNN xabar berdi. 

CPSC ma'lumotlariga köra, 2011 yilning mart oyidan 2016 yilning apreliga qadar işlab çiqarilgan vertikal yuklovli Samsung kir yuviş maşinalaridan foydalaniş paytida portlaş xavfi mavjud. 

Samsung kir yuviş maşinalari egalariga komissiyada "nafis kiyimlarni yuviş" rejimini qöllaş tavsiya etildi. Şunda qurilma pastroq tezlikda aylanadi va uning ziyon yetkaziş xavfi kamayadi. 

Samsung kir yuviş maşinalari egalari kompaniyaning bir qator mahsulotlari portlaganidan keyin uni sudga berişdi. Şundan söng CPSC rasmiy ogohlantiriş bilan çiqdi. 

Guvohlarning sözlariga köra, ular kir yuviş maşinalaridan foydalanayotgan paytda "bomba portlaşiga öxşagan" baland tovuşni eşitişgan. Texaslik ayolning qurilmasi hatto turgan joyidan qözğalib ketgan va garaj devorida sezilarli iz qoldirgan. Da'vogarlarning fikriça, Samsung özining kir yuviş maşinalaridagi muammolarni keng ommadan yaşirişga uringan. 

Kompaniyaning rasmiy ma'lumotida "anomal tebranişlar" kir yuviş maşinalari egalari uçun haqiqatdan ham xavf manbai bölişi mumkinligi qayd etiladi. Şunga qaramay, Samsunğda bunday holatlar kamdan-kam röy berişi ta'kidlangan. 

Samsung kompaniyasi mahsulotlariga bölgan e'tibor uning Galaxy Note 7 smartfonidagi muammolar bilan boğliqdir, yangi qurilmalarda batareya portlaş holatlari kuzatilganidan keyin kompaniya 2,5 million smartfonni ortga qaytarişiga töğri kelgan. 

Körilgan çoralarga qaramay, Samsung qurilmalaridagi kamçilik va muammolar haqidagi xabarlar köpaymoqda. Kuni keça Delta Airlines samolyoti Samsung planşetining tutab ketişi natijasida favqulodda qönişni amalga oşirgani haqida xabar berildi.