Iroq boş vaziri Haydar al-Obodiy mamlakatga Mösulni IŞIDdan ozod etiş harakatlarida qatnaşuvçi amerikalik harbiylarning yangi guruhi yetib kelgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
«Amerikaliklar prezidenti Barak Obama Iroq hukumatining harbiy koalitsiya tarkibidagi amerikalik instruktorlar va harbiy maslahatçilar sonini oşiriş böyiça sörovini körib çiqqan», — degan al-Obodiy.
U aynan qança miqdorda amerikalik harbiy Iroqqa kelib tuşganiga aniqlik kiritmagan.
Oq uy va AQŞ Qurolli Kuçlari Markaziy qömondonligi qömondoni, general Jozef Votel bu ma'lumotni tasdiqlagan. Mösulga IŞIDni butkul tor-mor etişga qaratilgan yakuniy hujum oktabr oyining ikkinçi yarmida boşlanişi kutilmoqda.
Ayni vaqtda Iroqda amerikalik 4,4 ming harbiy mavjud. Pentagon ma'lumotiga köra, bu harbiylar iroqlik harbiylarga yordam körsatiş uçun Iroqda bölib turibdi. Amerikalik harbiylar yangi yollangan askarlarni tayyorlaş bilan şuğullanadi.
Mösul - Iroqdagi ikkinçi yirik şahar bölib, 2014 yilning yozidan buyon IŞID nazoratida qolmoqda. Mart oyida bu şaharga Iroq armiyasi hujumlar boşlagan, lekin samaraga erişilmagandi.









