Bir neça kun avval Litvaning Belarus bilan çegarasida tört nafar amerikalik harbiy yöqolib qolgandi. Mahalliy naşrlar amerikaliklar botqoqda botib qolgani haqida yozişgan bölsa, AQŞda harbiylar maşğulot vaqtida halokatga uçraganini aytib çiqişdi. Hatto holatga Rossiya va Belarusning iştiroki haqida miş-mişlar tarqaldi.
Amerikalik harbiylar 25 mart kuni Pabrade şaridagi poligonda ğoyib böladi. Tört harbiy Belarus çegarasidan 10 km uzoqdagi poligonda maşğulotda qatnaşayotgan va ular «M88 Hercules» evakuatsiya maşinasida bölgan. OAVda harbiylar ölgani haqida xabarlar tarqaldi, keyinroq NATO boş kotibi Ryutte buni tasdiqladi. Amerika tomoni ham harbiylari ölganini tasdiqlab, qidiruv işlarida bor imkoniyatini işga solgani uçun Litvadagi ittifoqçilariga rahmat aytişdi.
Hozirça uç nafar harbiyning jasadi topilgan, törtinçisini qidiriş işlari davom etmoqda. AQŞ prezidenti Donald Tramp jurnalistlar bilan uçraşuv vaqtida holatdan xabardor ekanini aytdi. «Maşina juda oğir bölgan. Aftidan, kölning çeti uning oğirligini kötara olmagan. Tun, havo juda sovuq, hamma yer muz bölgan. Katta ehtimol maşina sirpanib ketgan», dedi Tramp. Biroq Litva saytlari harbiylar ğoyib bölgan kuni havo quruq bölgani, harorat 7-12 darajagaça kötarilganini yozgan.
M88 bronimaşinasi juda oğirligi va botqoqda botib qoliş ehtimoli yuqoriligi uçun qidiruv işlari qiyin keçgan. Qutqaruv operatsiyasida Polşa va estoniyalik maxsus guruhlar ham iştirok etgan. Estoniya politsiyasi maxsus tayyorlangan itlarni jasadlarni qidirişga yuborgan.
Voqea joyiga borgan AQŞ elçisi Kara Makdonald operatsiya texnik jihatdan juda murakkab ekanini qayd etib, Amerika nomidan Litvaga minnatdorlik bildirgan. U Litvani namunali ittifoqçi deb atadi.
Xaritada yöq botqoq
Litvalik botqoqlarni tiklaş va himoya qiliş fondi eksperti Neriyus Zabletskisning aytişiça, amerikalik harbiylar bronimaşinada botib qolgan botqoqlik xaritada körsatilmagan. Uning sözlariga köra, xaritada negadir botqoqliklarni kiçik qilib körsatişga urinişadi va bu xato. Ekspert Litva hukumatini botqoqliklarni aniq belgilaşga çaqirdi.
Hozirça jasadi aniqlangan amerikalik harbiylarning şaxsi oşkor qilinmayapti. Çunki hali harbiylarning eng yaqin qarindoşlari ularning vafoti haqida xabardor qilinişi kerak.








