Litvadagi poligonda ötkazilgan öquv maşğulotlari davomida bedarak yöqolgan amerikalik uç nafar harbiy xizmatçining jasadi topildi. Bu haqda AQŞning Yevropa va Afrikadagi armiyasi qömondonligi ma’lum qildi.

Qayd etilişiça, halok bölganlar jasadi 31 mart kuni topilgan. Holat böyiça harbiylarning qarindoşlari xabardor qilinmagunga qadar ularning şaxsi oşkor etilmaydi. Hozirda yana bir amerikalik harbiy xizmatçini qidiriş işlari davom etmoqda.

«AQŞ armiyasi va Litva hukumati sodir bölgan voqeani tergov qilmoqda. Yangi ma’lumot aniqlanişi bilan biz natijalar töğrisida xabar beramiz», — deyiladi qömondonlik xabarida.

Tört nafar amerikalik harbiy Belarus bilan çegara yaqinida joylaşgan Pabrade poligonidagi öquv maşğulotlarida iştirok etayotgan bölgan va ular 25 mart kuni bedarak yöqolgan.

Harbiylar bilan birga M88 Hercules zirhli maşinasi ham yöqolgan edi. Qidiruv işlari natijasida u poligondagi suv havzasidan topilgan. 31 mart kuni maşina u yerdan çiqarib olingan.

Litva prokuraturasi zirhli maşina çiqarib olinganidan keyin «ölim sabablarini aniqlaş uçun» dastlabki tergov harakatlarini boşlaganini e’lon qildi.