Litvadagi öquv maşğulotlari davomida amerikalik tört nafar harbiy xizmatçi yöqolib qoldi, deb yozmoqda LRT.
Qayd etilişiça, voqea 25 mart kuni mamlakat şarqida joylaşgan Pabrade şahridagi poligonda sodir bölgan. Harbiylar bilan birga M88 gusenitsali zirhli maşina ham yöqolgan.
Qidiruv operatsiyasiga Litva va boşqa davlatlarning harbiylari jalb etilgan, çegara xizmati va Harbiy-havo kuçlari vertolyotlari havoga kötarilgan.
«Hodisa yuz bergan ehtimoliy joy aniqlandi, qidiruv va qutqaruv operatsiyasi olib borilmoqda», – deydi Litva armiyasi mayori Gintautas Tsyunis.
AQŞ armiyasining Yevropa va Afrikadagi qömondonligi askarlar yöqolganini tasdiqlagan. Ta’kidlanişiça, ularning barçasi bitta diviziyaga tegişli bölib, poligonga rejali taktik öquvlarda iştirok etiş uçun borgan.
Litvaning Lrytac portalining yozişiça, zirhli maşina botqoqlikdan topilgan, harbiylarning barçasi halok bölgan. Hozirça uşbu ma’lumot rasman tasdiqlanmagan.









