Internetda keyingi avloddagi Land Rover Discovery yöltanlamasining birinçi rasmiy fotosuratlari çop etildi. Suratlar britan markasining Avstraliyadagi saytida paydo böldi, biroq keyinroq öçirib taşlandi. Şunga qaramay, bu suratlarni xodimi yangi avtomobilning suratlarini saytdan skrinşotlar sifatida olişga ulgurgan Car Advice naşri öz sahifasida çop etdi.

Suratlarga köra, avtomobil yangi avloddagi Discovery Sport va 2014 yil boşida taqdim qilingan Discovery Vision kontsept-karidan bir qator uslubiy elementlar olgan.

Yöltanlamas konstruksiyasida alyuminiydan köproq foydalaniladi va buning evaziga model oğirligi avvalgi modeldan yengilroq böladi. Hozirgi  Discovery oğirligi 2622 kg ni taşkil qiladi. 

Discovery motorlar qatori alyuminiydan işlangan yangi "turbotörtlik" Ingenium hamda benzin yoki dizel yoqilğisida işlovçi 3 litrli, 6 silindrli dvigatellardan taşkil topadi. 

2017 yil oxirida modelning oğir yölsizlikka möljallangan ekstremal versiyasi – SVX paydo bölişi kutilmoqda. Uni tayyorlaş bilan markaning Special Vehicles Operations (SVO) deb nomlangan bölimi şuğullanadi.

Yangi avloddagi Land Rover Discovery 29 sentabrda Toşkent vaqti bilan 00:30 da oşkor etiladi. Avtomobilning ommaviy namoyişi Parij avtosaloni doirasida bölib ötadi.