29 sentabr kuni Italiyaning sobiq boş vaziri Silvio Berluskoni 80 yillik yubileyini nişonlaydi.

Yevropaning eng xarizmatik va atoqli siyosiy arboblaridan biri bölmiş Berluskoni 1936 yili Milanda tuğilgan. U yuridik ta'lim olib, 30 yoşida kiçik bölmagan yutuqlarga erişdi. Xususan, quriliş, televizion va bosma naşrlar sohasida öz biznesini taşkil qildi.

1990 yilda esa Berluskoni yanada köproq narsa istayotganini angladi va «Forza, Italy!» («Olğa, Italiya!») partiyasini taşkil etdi. Öşa vaqtda deyarli heç kim uning xarizmasi va konservativ şiorlari saylovlarda ğalaba qiliş uçun yetarli bölişiga işonç bildirmagandi. Lekin Berluskoni buni uddaladi. U Italiya boş vaziriga aylandi va bu lavozimda uzoq vaqt qoldi (4 marta). U heç qaçon özining hokimiyatparastligini yaşirib ötirmagan. Berluskoni musiqa albomlari yozdirdi, haşamatli villalar va avtomobillar xarid qildi. Italiyaning eng badavlat kişisiga aylandi.

Şuningdek, Berluskoni 29 yildan buyon «Milan» klubining prezidenti hisoblanardi. Hozirda u jamoani xitoylik tadbirkorlarga sotmoqda.












