Qarorga köra, 2024 yilda Samarqand şahrida Mirzo Uluğbek tavalludining 630 yilligi keng nişonlanadi.

Mamlakatdagi Mirzo Uluğbek nomi bilan boğliq obektlar, şu jumladan, Mirzo Uluğbek şarafiga barpo etilgan yodgorlik majmualari mukammal ta’mirlanadi va ularning hududi obodonlaştiriladi.

Aalloma ilmiy-ijodiy merosiga mansub qölyozma va boşqa madaniy boyliklar restavratsiya qilinadi, işonçli saqlaş uçun zarur şaroit yaratiladi.

Mirzo Uluğbek tavalludining 630 yilligiga bağişlab «Jahon tamadduni rivojida Mirzo Uluğbek ilmiy-ma’rifiy merosining örni va ahamiyati» mavzusida ilmiy-adabiy tadbirlar ötkaziladi.

Davlat teatrlari va talabalar teatr-studiyalarida Mirzo Uluğbek hayoti va faoliyatiga oid spektakllar sahnalaştiriladi.

Samarqand şahrida 10-11 oktyabr kunlari «Mirzo Uluğbek: buyuk qomusiy olim va maşhur davlat arbobi» mavzusidagi xalqaro konferensiya ötkaziladi.

Mirzo Uluğbekning «Ziji jadidi Köragoniy» asarini özbek, rus va ingliz tillarida, «Tört ulus tarixi» nomli tarixiy asarining özbek tiliga tarjimasi qayta naşr qilinadi.

Mirzo Uluğbek hayoti va ilmiy-ma’rifiy merosini örganişga bağişlangan eng yaxşi ilmiy maqolalar tanlovi ötkaziladi.

Şarqşunoslik institutida Mirzo Uluğbek davriga oid asarlar qölyozmalarining körgazmasi taşkil etiladi.

Uluğbek haqida yaratilgan «Osmon toqiga qöyilgan narvon» nomli hujjatli film taqdimoti ötkaziladi.