Joriy yilning 29 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy sudida «Xabeas-korpus» instituti – inson huquq va erkinliklarini muhofaza qilişning işonçli kafolati” mavzuida matbuot anjumani taşkil etildi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Oliy sudi axborot xizmati xabar bermoqda. 

Tadbirda Oliy sud sudyalari, Oliy sud huzuridagi tadqiqot markazi xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etişdi.

Ma'lumki, jinoiy ta'qibga uçragan fuqaroning adolatli sud muhokamasiga bölgan huquqi «Xabeas Korpus» deya nomlanadi. Bu atama 1679 yil 26 may kuni ingliz parlamenti tomonidan qabul qilingan qonun - «Xabeas Korpus Akt» atamasidan olingan. 

Misollarga murojaat qiladigan bölinsa, qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasini qöllaş masalasi sudlar vakolatiga ötkazilgan vaqtdan buyon kiritilgan iltimosnomalarning 710 tasi sudlar tomonidan rad etilgan. Aytiş joizki, qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasini qöllaş böyiça sudlarga kelib tuşayotgan iltimosnomalar soni yildan yilga kamayib bormoqda. Bu esa sud-huquq sohasida amalga oşirilayotgan islohotlarning samarasi ölaroq, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati tobora yuksalib borayotganidan dalolatdir.

Şuningdek, 2012-2016 yilning birinçi yarim yili davomida sudlar tomonidan 360 nafar ayblanuvçi şaxslarni lavozimdan çetlaştiriş töğrisidagi iltimosnomalar qanoatlantirilgan.