Parijda bölib ötayotgan xalqaro avtosalon doirasida ikkinçi avlod Audi Q5 avtomobilining rasmiy ilk namoyişi bölib ötdi. 

Krossover moslaşuvçan pnevmatik podveska bilan jihozlangan va kompaniya vakillarining aytişiça, "xuşbiçim va sport" körinişiga ega.

"Maşinada qöllangan muhim innovatsiyalarga ultra texnologiyasiga ega quattro töliq privodi, yuqori samarador dvigatellar, boşqariluvçi dempfirlaşga ega pnevmatik podveska va axborot-köngiloçar funksiyalari hamda yordamçi tizimlarning töliq töplamini kiritiş mumkin", deb aytdi AUDI AG boşqaruv raisi Rupert Ştadler.

Yangi Audi Q5 uçun 14 rangdagi kuzov hamda jihozlaşning 5 ta yangilangan varianti: sport va design, S line paketlari, Audi design selection va S line taşqi bezak paketi taklif qilinadi. Maşina özi takomillaşadigan yönaliş yordamçisi bilan jihozlangan. Tizim haydovçi odatlariga moslaşib, unga optimal harakatlaniş yönalişini taklif qiladi. Avtomobil sotuvga 2017 yil boşida çiqariladi.