Fransiyaning «Şarl de Goll» aviataşuvçi kemasi bortidan uçgan Rafale rusumli qiruvçi samolyotlari Iroqning Mösul viloyati hududida joylaşgan jangarilarga ilk zarbalarni yölladi. Bu haqda BFMTV xabar tarqatgan.
«Aviataşuvçining harbiy harakatlar hududiga yetib kelişi Fransiyani bu amaliyotlarda iştirok etayotgan davlatlar orasida samolyotlar soni böyiça ikkinçi öringa olib çiqdi», — degan telekanalga bergan intervyusida diviziya generali Vinsent Desport. Bungaça Iordaniya va BAAdagi aerodromlarda Fransiya Harbiy-havo kuçlarining 12ta samolyotlari joylaşgan va bu samolyotlar AQŞ boşçiligidagi xalqaro koalitsiya tarkibida iştirok etib kelmoqda edi.
Xabar qilinişiça, ayni damda 1 hafta oldin Tulon portidan yölga çiqqan «Şarl de Goll» aviataşuvçisi Örta Yer dengizining şarqiy qismida, Kipr yaqinida töxtagan.
Bu Fransiyaning uçinçi missiyasidir. Bu hududda Rossiya floti qismlari ham joylaşgan bölib, ikki tomon özaro muvofiqlikda harakatlanadi.
«Ayni vaqtda "Şarl de Goll" Örta Yer dengizining şarqiy qismida bölib turibdi. U yerda rossiyaliklar ham bor. Biz Vladimir Putin bilan axborotlar almaşgan holda harakatlanişga kelişib oldik. Bu iş avval qanday bajarilgan bölsa, bundan keyin ham şunday davom ettiriladi», — degan Fransiya prezidenti Fransua Olland.









