Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Germaniya bilan çegarada joylaşgan Lyuksey-sen-Sover aviabazasiga taşrif buyurdi. U 2035 yilga qadar aviabazaga yadroviy kallaklarga ega Rafale qiruvçi samolyotlarini joylaştiriş rejalaştirilganini ma’lum qildi.

«2035 yilda Lyuksey tovuşdan tez yadroviy kallaklarga ega yangi modifikatsiyadagi Rafale joylaştiriladigan birinçi aviabazaga aylanadi», — deydi Makron harbiylar oldidagi çiqişi davomida. Yelisey saroyi prezident nutqini X ijtimoiy tarmoği orqali translatsiya qilib bordi.

5 mart kuni Fransiya xalqiga murojaatida Emmanuel Makron Rossiya Ukrainadagi uruşni global mojaroga aylantirişga urinayotganini ma’lum qilgandi. U yevropalik ittifoqçilariga Fransiya yadroviy quroli yordamida himoyalanişni taklif qildi. YeI davlatlari orasida Germaniya ham uşbu taşabbusni muhokama qilişga tayyorligini bildirdi.

«Biz yadroviy tiyib turuvçi qurollarimiz bilan himoyalanamiz. U keng qamrovli, suveren va töliq fransuzça, — degan Makron. — Biroq men Yevropa qit’asidagi ittifoqçilarimizni yadroviy tiyib turuvçi vositalarimiz orqali himoya qiliş borasida strategik muhokamalarni boşlaşga qaror qildim».

Öz navbatida Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Makronning Yevropa xavfsizligini kuçaytiriş zarurligi va Ukrainaning uruşdagi mağlubiyatiga yöl qöyib bölmasligini aytgan xalqqa murojaatini keskin tanqid qildi. Peskov Makronning çiqişini «juda va juda ziddiyatli» deb atadi.