Misr Fransiya bilan Rafale qiruvçi samolyotidan 30ta sotib oliş böyiça şartnoma imzoladi.   

Misrning Al-Watan naşri ma'lumotlariga köra, Fransiyaning «Dassault Aviation» kompaniyasi tomonidan işlab çiqariluvçi samolyotlar Misrga kamida 10 yilga beriladigan kredit hisobiga yetkazib beriladi. 

Misr 2015 yilda ham Fransiya bilan 24ta Rafale samolyoti yetkazib berilişi böyiça şartnoma imzolagan.  

Uşbu samolyotlar yuqori manyovrligi, uzoq masofalarga uça olişi hamda radioelektron kuraş şaroitida vazifalarni bajara olişi bilan ajralib turadi. 

Avvalroq Disclose fransuz naşri Qohira va Parij örtasida 26 aprelda turli turdagi qurol xarid qiliş böyiça şartnoma imzolanganini ma'lum qilgan. Naşr ma'lumotlariga köra, Misr tomonidan Fransiyadan sotib olinayotgan qurolning umumiy qiymati 3,95 mlrd yevroni taşkil qiladi.