Fransiyaning "Şarl de Goll" samolyot taşuvçisidan kötarilgan Rafale qiruvçi samolyotlari IŞID jangarilariga qarşi ilk harbiy uçişlarni amalga oşirdi.
10 kun oldin Tulon portidan çiqqan "Şarl de Goll" ayni vaqtda Örta Yer dengizining şarqiy qismiga joylaşgan. Uning bortida 24ta Rafale qiruvçilari mavjud bölib, endilikda Fransiya IŞIDga qarşi harakatlarda iştirok etayotgan ikkinçi yirik kuçga aylandi. Bu vaqtgaça harbiy harakatlarda fransuzlarning Iordaniya va BAAdagi aerodromlarga joylaştirilgan 12ta qiruvçi samolyoti iştirok etmoqda edi.
BFMTV ma'lumotiga köra, yangi keltirilgan samolyotlar orqali Iroqning Mösul şahriga ilk zarbalar beriladi.
Şuningdek, Fransiya Örta Yer dengizida floti bilan IŞIDga qarşi navbatçilik harakatlarini olib boruvçi uçinçi mamlakat böldi.
IŞID ayni vaqtda butun dunyoga xavf solib turgan asosiy tahdidlardan biri hisoblanadi. 3 yil içida jangarilar Iroq va Suriyaning kattagina qismida nazorat örnatdi. Keyingi oylarda olib borilgan muvaffaqiyatli yurişlar orqali ba'zi hududlar qaytarib olingan.
IŞIDga qarşi yagona front yöq. Jangarilarga qarşi turli frontlarda AQŞ boşçiligidagi xalqaro koalitsiya, Rossiya harbiy kosmik kuçlari kömagidagi Suriya hukumati, mustaqil ravişda Iroq armiyasi, kurdlar, livanlik va iroqlik şialar kuraş olib bormoqda.











