Niderlandiya hukumati Pokemon GO dasturçilariga qarşi da'vo işi oçişdi. Bunga qöriqlanuvçi hududlarda çöntak maxluqlari oviga kirişgan olomon sabab bölgan. 

Gap har kuni noyob va qimmatbaho pokemonlar paydo böluvçi Kijkduin sohillari haqida bormoqda. Hukumat vakillari minglab kişilarning qumtepaliklarga ziyon yetkazişidan xavotirga tuşişmoqda. 

Niderlandiya hukumati öyin dasturçilarining tungi soat 23:00dan ertalabki soat 7:00gaça sohillardan çöntak maxluqlarini yöq qilişni talab qilmoqda. Ular avgust oyidan beri Niantic kompaniyasi bilan aloqaga çiqişga urinişmoqda, biroq bunga javob olişmadi. Natijada faqat sudga murojaat qiliş qoldi. The Guardian naşri ma'lumotiga köra, mazkur iş joriy yilning 11 oktabrida Gaaga sudida körib çiqiladi. 

Hukumat öyin dasturçilariga u qadar keskin talab qöymadi, ular tungi vaqtda sohilga kirilmasa, bu Pokemon GO öyinçilari uçun munosib joyligiça qolişini ta'kidlaşgan. 

Öz navbatida franşizaga litsenziya beruvçi The Pokemon Company'ning ma'lum qilişiça, Niantic ba'zi hududlardan pokemonlarni olib çiqiş hamda muayyan obektlarni pokestoplar röyxatidan çiqarib taşlaş töğrisidagi murojaatlar bilan tanişib çiqqan.