Xitoyning matbuot, radio, kinematografiya va televideniye böyiça davlat boşqarmasi Pokemon GO öyinini taqiqladi. Xitoy hukumati öyinni odamlar hayotiga öta xavfli deb topdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Ta'kidlanişiça, Xitoy hukumati töldirilgan reallik öyinini u bilan boğliq köplab noxuş, hattoki ölim bilan tugagan voqealar sababli taqiqlaşga qaror qildi. Bundan taşqari, mamlakatda öyin vaqtida işlatiluvçi geolokatsiya ma'lumotlari sababli "geografik axborot xavfsizligi" masalalaridan taşvişlanişmoqda.

Pokemon GO smartfonlar uçun töldirilgan reallik elementlariga ega mobil dastur bölib, Nintendo kompaniyasi tomonidan 2016 yil 6 iyulda işga tuşirilgan. Öyin "Pokemon" yapon multfilmi asosida yaratilgan va uning maqsadi virtual jonzotlar – pokemonlarni qidirişdan iborat.