Kosovo boş vaziri Ramuş Xaradinay iste'foga ketişini e'lon qildi. U bunday qarorni sud oldida javob berişi zarurligi sababli qabul qilgan.
Siyosatçi Facebook’da Gaaga sudi uni gumonlanuvçi sifatida söroqqa çaqirtirganini ma'lum qilgan. Uning ta'kidlaşiça, u “boş vazir va davlat şa'nini saqlab qoliş uçun” lavozimidan ketmoqda.
Sud Serbiyadan mustaqil böliş uçun uruşgan Kosovo ozodlik armiyasining (KOA) harakatlarini tergov qilmoqda. Xaradinay 1990-yillarda KOA ştabi boşliği bölgan. 2008 yilda sobiq Yugoslaviyadagi jinoyatlar böyiça xalqaro tribunal Xaradinayni qotilliklar, nomusga tegişlar va serblarni tahqirlaş ayblovlari böyiça oqlagan. 2010 yilda uşbu qaror bekor qilingan, biroq 2012 yilda Xaradinay yana oqlangan.
2017 yilda Kosovo boş vaziri Fransiyada Serbiya tomonidan 2004 yilda berilgan orderga asosan hibsga olingan.












