AQShda restoran kassiri mijozga 2 ming dollarlik chekni qaytarib berdi
AQShning Florida shtatida politsiya meksikancha oshxona restorani kassiriga notanish mijozga 2 ming dollarlik chekni qaytarib bergani uchun minnatdorchilik bildirdi, deb xabar bermoqda The Telegraph nashri.
Ma'lum qilinishicha, kassir chekni restoran polidan topib olgan.
Chekini yo‘qotgan amerikalik rafiqasining aytishicha, yigit chekdagi manzil bo‘yicha ularning uyini chekni qaytarib berish uchun topib kelgan. Ayolning aytishicha, kassir bu pullarni bemalol o‘ziga qoldirishi mumkin edi, biroq u pullarni egasiga qaytarishga qaror qilgan. Ayolning ta'kidlashicha, restoran bunday xodimi borligidan faxrlansa bo‘ladi.
Ta'kidlanishicha, kassirning bu ezgu ishi Florida politsiyasi tomonidan e'tiborsiz qolmadi. Politsiyaning aytishicha, bu yigit internetda mashhur bo‘lib ketishi kerak.
Mavzuga oid
11:43 / 31.10.2024
Onlayn NKT cheklarini tahrirlash imkoniyati vaqtinchalik cheklanadi - Soliq qo‘mitasi
18:43 / 22.07.2024
QR-kodli chek so‘ragan bolaga tarsaki tushirgan sotuvchi qamaldi
12:47 / 22.07.2024
«Chek talab qilish - mayda ish emas» – Sherzod Qudbiyev chek so‘ragani uchun tarsaki yegan bolaga rahmat aytdi
10:34 / 21.07.2024