Sankt-Peterburgning "Zenit" jamoasi sentabr oyi yakunlariga köra, Yevropadagi çempionatlar vakillari orasida eng samarali klub sifatida qayd etildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar qilgan.

"Zenit" jamoasi futbolçilari bu oydagi 6ta uçraşuvda jami 25 gol urgan. Piterliklar klubi bu borada Dortmundning "Borussiya" (6 uçraşuvda 22 gol), "Barselona" (6 uçraşuvda 21 gol), "Liverpul" (4 uçraşuvda 14 gol), "Mançester Siti" (6 uçraşuvda 18 gol) va "Feyyenoord" (4 uçraşuvda 10 gol) kabi jamoalardan yaxşiroq natija qayd etib, birinçi bölgan.

Sentyabr oyida "Zenit" Rossiya çempionati doirasida "Arsenal" (5:0), "Rubin" (4:1) va "Anji" (2:2) jamoalariga qarşi öynadi. Mamlakat kubogi doirasida jamoa "Tambov"ni (5:0) mağlub etdi. Yevropa Ligasi doirasidagi dastlabki 2 uçraşuv ham rossiyaliklar uçun muvaffaqiyatli keçdi: Isroilning "Makkabi" (4:3) va Niderlandiyaning AZ (5:0) jamoalari yirik hisoblarda taslim qilindi.

Bu reyting Ispaniya, Angliya, Germaniya, Italiya, Rossiya, Portugaliya va Fransiya çempionatlari böyiça tuzilgan.

Mavsumlar oraliğida "Zenit"ga ruminiyalik mutaxassis Mirça Luçesku boş murabbiy sifatida tayinlandi. U jamoa bilan ilk sovrinini qölga kiritib bölgan - avgust oyida Rossiya Superkubogi uçun bahsda TsSKA 1:0 hisobida mağlub etilgan.

Yevropa Ligasining guruh bosqiçida "Zenit" 2 turdan keyin 6 oçko bilan yetakçilik qilmoqda. Jamoa örin olgan D guruhida "Dandolk" (4), AZ (1) va "Makkabi" (0) jamoalari bor.

"Zenit" 3-turda "Dandolk" maydoniga safar qiladi, AZ esa "Makkabi"ni qabul qiladi. Bu uçraşuvlar 20 oktabrga belgilangan.

Rossiya çempionatida esa klub 8 turdan keyin 16 oçko bilan uçinçi örinda joylaşib turibdi. "Zenit" 8 turda 18 gol urgan va bu içki çempionatdagi eng yaxşi natija hisoblanadi.

Manba: Tribuna.uz