Ha, Arsen Vengerning «Arsenal» futbol klubiga murabbiylik qilişni boşlaganiga 20 yil töldi. Şu munosabat bilan quyida uning eng yorqin onlarini yodga olişga urinib köramiz.
Arsen Venger 1996 yili 1 oktabr kuni «Arsenal» jamoasi boş murabbiyligini qabul qilib olgan edi. Va ayni vaqtda, u boş murabbiylar orasida «uzoq umr» körayotgani hisoblanadi. Albatta, Aleks Fergyusonning 27ta mavsumigaça hali ança bor.

Venger boşçiligida 1074ta öyinda maydonga tuşgan «Arsenal» 618ta ğalabani qölga kiritgan (57,2 foiz), 245 marta durangni qayd etib, (22,8 foiz) 211ta öyinda (20 foiz) imkoniyatni boy bergan. Umuman «kanonirlar» har bir öyinda örtaça 1,94 ballni qölga kiritgan.

Venger ikkinçi mavsumidayoq oltin xet-trikni amalga oşirişning uddasidan çiqdi. Uning jamoasi çempionat, Kubok va Superkubok sohibiga aylandi.

1999 yili Venger adolat kuraşçisi şarafini qölga kiritdi. U «Şeffild» bilan ötkazilgan va ğalaba qozongan Kubok bahsini qayta taşkil etiş ğoyasini ilgari surdi. Uning ta'kidlaşiça, «kanonirlar»ning ğalabasini ta'minlagan goli fair-play qoidalari buzilgan holda kiritilgan edi. Gap şundaki, jamoaning yangi a'zosi Kanu londonliklarning qasddan raqiblariga qoldirgan töpini egallab olgan edi. Aslida, raqib jamoasi «Arsenal» futbolçisiga tibbiy yordam körsatilişi uçun töpni autga tepib yuborgandi.

Venger «Arsenal»ining ikki nafar timsoli uning vatandoşlari Patrik Viyeyra va Terri Anri böldi. Ular, murabbiy rahbarligida 370 va 368ta öyinda maydonga tuşişgan.

2003/04 yilgi mavsumda «Arsenal» ajoyib tarixiy natijani qölga kiritdi. U, çempionat davomida bironta ham öyinda mağlub bölmadi. Bu seriya kelgusi mavsumning boşida ham davom etib, 49ta mağlubiyatsiz öyin ötkaziş bilan APLning mutlaq rekordini örnatdi.



















