Samarqand şahrida terminal örnatilgan yölovçi avtobuslari paydo böldi. Bu haqda Facebook’da e'lon qilingan şunday avtobuslarning suratlari asosida carzone.uz xabar bergan.
Terminallar qaçondan, qaysi yönalişlarda qatnovçi avtobuslarga örnatilgani, mazkur yangilik neçta avtobusni qamrab olgani haqida aniq ma'lumotlar yöq. Aksariyat Facebook foydalanuvçilari mazkur yangilikni xursandçilik bilan qarşi olgan, “bozorlarda ham terminallar joriy etilsa yaxşi bölardi”, degan fikrlarni bildirgan.
Surat e'lon qilingan Facebook’dagi sahifalarning birida bu amaliyot asosan Samarqanddan tumanlarga qatnaydigan avtobuslarda joriy etilgani, şahar içida harakatlanuvçi avtobuslarda nafaqat naqd pul, balki jyetonlar yordamida ham hisob-kitob qiliş mumkinligi yozilgan.

Ma'lumot uçun, 2016 yilning 1 mayidan boşlab, Samarqand avtobuslarida yöl haqi vositalaridan biri sifatida plastik kartoçkalarga xarid qilinadigan jyetonlar joriy etildi. Samarqand avtobuslarida yöl haqi 2016 yil 20 iyundan 900 söm etib belgilangan.












